Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Aaron Remzi futbolchilik faoliyatini yakunladi

Aaron Remzi futbolchilik faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

«Arsenal» va Uels terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aaron Remzi katta futbol bilan xayrlashganini e’lon qildi.

«Bu qarorga kelish men uchun oson bo‘lmadi. Uzoq o‘ylanishlardan so‘ng futbolni tark etishga qaror qildim. Birinchi navbatda, Uelsdan boshlamoqchiman. Uels terma jamoasi libosini kiyish va u bilan ko‘plab unutilmas lahzalarni boshdan kechirish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Bu men birga ishlagan barcha murabbiylar va xodimlarning ulkan hissasisiz imkonsiz bo‘lardi.

«Qizil devor» (Uels muxlislari)! Siz barcha qiyinchiliklarni biz bilan birga yengib o‘tdingiz. Pasayish va yuksalishlarda yonimizda bo‘ldingiz va muvaffaqiyatlarimizning ajralmas qismiga aylandingiz. Sizga qanday minnatdorchilik bildirishni ham bilmayman. Biz hammasini birga boshdan kechirdik va sizni ifoda etish men uchun sharaf edi.

Ikkinchidan, men to‘p surish baxtiga muyassar bo‘lgan barcha klublarga rahmat aytaman. Orzuimni amalga oshirish va eng yuqori saviyada o‘ynashimga yordam bergan barcha murabbiy va xodimlardan minnatdorman.

Va rafiqam, farzandlarim hamda butun oilamga katta rahmat. Agar shu vaqt ichida yonimda bo‘lmaganingizda, bularning hech biri amalga oshmasdi», — dedi 35 yoshli futbolchi.

Kiritildi: 15:53, 07.04.2026.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик