Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Patris Evra Vinisius va Prestianni voqeasi haqida gapirdi

Patris Evra Vinisius va Prestianni voqeasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Patris Evra Vinisius Junior va Janluka Prestianni ishtirokidagi irqchilik voqeasi haqida o‘z fikrlarini aytdi.

Fevral oyida Chempionlar ligasi 1/8 finaliga chiqish uchun o‘tkazilgan dastlabki pley-off o‘yinida "Real" "Benfika"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Ikkinchi bo‘limda madridliklar vingeri Vinisius Junior hakam Fransua Leteksyega Janluka Prestianni uni og‘zini futbolkasi bilan yopgan holda "maymun" deb ataganini aytdi. "Burgutlar" vingeri keyinchalik braziliyalik futbolchini irqiy kamsitmaganini ta’kidladi. UEFA esa argentinalik futbolchini javob o‘yinidan chetlatdi.

"Bu achinarli. Vinisius bu mavzuni qayta va qayta ko‘tarishga majbur bo‘lmoqda. Bu bilan nafaqat futbol olami, balki hukumat darajasida shug‘ullanish kerak. Bu jinoyat sifatida qoralanishi lozim. Men juda ijobiy fikrlaydigan insonman, lekin oldimizda hali qilinadigan ishlar ko‘p.

Bunday holat yuz berganda sen adolatsizlikni his qilasan. Chunki nima bo‘lganini o‘zing aytganingda ham, [seni haqorat qilgan] odamlar o‘zlarini qurbon qilib ko‘rsatishga harakat qilishadi. Men va Luis Suares o‘rtasidagi vaziyatda ham aynan shunday bo‘lgandi, endi esa Vinisius bilan ham shu holat takrorlanmoqda.

Odamlar ko‘proq uning o‘zini tutishidan shikoyat qilishadi. Ular: "Nima uchun u raqs tushadi, nega ig‘vo qiladi?" deyishadi. Ular shunchaki goldan keyin raqs tushgani uchun uni haqorat qilgan odamning harakatlarini oqlashga harakat qilishadi", — dedi Evra.

Kiritildi: 16:46, 07.04.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик