Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Vitinya "PSJ"dan ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Vitinya "PSJ"dan ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Vitinya klubdan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Avvalroq futbolchiga Madridning "Real" klubi va Saudiya Arabistonining bir qator jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Hozir ketish ahmoqlik bo‘lardi. Bu men uchun ayni damdagi eng yaxshi qaror deb o‘ylamayman. Men bu yerda, "PSJ"da o‘zimni juda yaxshi his qilyapman.

Menimcha, bu yerdagi odamlar meni chindan ham yaxshi ko‘rishadi va men bu mehrga loyiq bo‘la oldim deb o‘ylayman. Bu yer menga ham, oilamga ham yoqadi. Bizda fantastik jamoa va aql bovar qilmas murabbiy bor.

Saudiya klublarining qiziqishiga kelsak, men shundoq ham bu yerda, Yevropadagi katta klubda yomon ishlab topmayapman. Maoshimning ikki yoki uch baravar oshirilishi meni zarracha ham baxtli qilmagan bo‘lardi", — deya Vitinyaning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Joriy mavsumda Vitinya barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chorshanba kuni, 8 aprel kuni Parijdagi "Park de Prens" stadionida Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida "PSJ" va "Liverpul" o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin 14 aprel kuniga rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:01, 07.04.2026.
O'qildi: 374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик