«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Vitinya klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Avvalroq futbolchiga Madridning «Real» klubi va Saudiya Arabistonining bir qator klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
«Ketish ahmoqlik bo‘lardi. Hozir bu men uchun eng yaxshi qaror deb o‘ylamayman. Bu yerda, PSJda o‘zimni a’lo darajada his qilyapman. Menimcha, bu yerdagi odamlar meni chindan ham yaxshi ko‘rishadi, deb o‘ylayman, men bu mehrni qozonishga muvaffaq bo‘ldim. Bu yer menga yoqadi, oilamga ham. Bizda fantastik jamoa va aql bovar qilmaydigan murabbiy bor.
Saudiya klublarining qiziqishiga kelsak, men bu yerda, Yevropada, katta klubda shundoq ham yomon ishlab topmayapman. Maoshimning ikki yoki uch barobar oshishi meni zarracha ham baxtli qilmagan bo‘lardi», — deya Vitinyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RMC Sport.
Joriy mavsumda Vitinya barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chorshanba, 8 aprel kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida PSJ va «Liverpul» o‘rtasida Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tadi. Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin 14 aprelga belgilangan.













