Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

UFC. Topuriya: "Men sportdagi barcha orzularimni amalga oshirdim"

UFC. Topuriya: "Men sportdagi barcha orzularimni amalga oshirdim"

Baho:
+ | -

Ikki vazn toifasida UFC chempioni, gruziyalik Iliya Topuriya sport nuqtai nazaridan o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli deb hisoblashini tan oldi.

"Agar sport haqida gapiradigan bo‘lsak, men barcha istaklarimni amalga oshirganimni his qilyapman: jahon chempioni bo‘ldim, titulni himoya qildim, shundan so‘ng boshqa vazn toifasiga ko‘tarilib, yana bir kamarni qo‘lga kiritdim. Endi esa Oq uyda bo‘laman", — deya Topuriyaning so‘zlarini keltiradi "Marca" nashri.

Iliya Topuriya 29 yoshda. Gruziyalik jangchi 2020 yildan beri UFC'da ishtirok etib kelmoqda. 2024 yilda yarim yengil vaznda (65 kg gacha) chempion bo‘ldi va shundan so‘ng bir marta o‘z unvonini himoya qildi. 2025 yilda esa yengil vazn toifasida (70 kg gacha) chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 20:02, 07.04.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик