Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Atletiko" sardori "Barselona"ga qarshi o‘ynamasligi aniq bo‘ldi

"Atletiko" sardori "Barselona"ga qarshi o‘ynamasligi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida "Barselona"ga qarshi kechadigan dastlabki o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi. Shunga e’tibor qaratish lozimki, "matraschilar" qaydnomasida asosiy darvozabon Yan Oblak mavjud emas.

Avvalroq, Oblak mushaklaridagi jarohati sababli "Atletiko"ning to‘rtta o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi. Shunga qaramay, sloveniyalik posbon "Kamp Nou"dagi bahsda ishtirok eta olishi taxmin qilingandi. Aftidan, "Atletiko" darvozasini ushbu o‘yinda Xuan Musso egallaydi.

"Barselona" va "Atletiko" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi bahsi chorshanba kuni, 8 aprel kuni "Kamp Nou" stadionida bo‘lib o‘tadi. Javob uchrashuvi esa olti kundan keyin — 14 aprel kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:20, 07.04.2026.
O'qildi: 2506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик