Kirish Ro'yxatdan o'tish

Noyer «Real» bilan o‘yindagi yorqin harakatlaridan so‘ng terma jamoaga qaytish haqidagi savolga javob berdi

Noyer «Real» bilan o‘yindagi yorqin harakatlaridan so‘ng terma jamoaga qaytish haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytish borasidagi navbatdagi savolga javob qaytardi. Myunxenliklarning 40 yoshli sardori «Santyago Bernabeu»da «Real»ga qarshi kechgan (2:1) Chempionlar Ligasi chorak final bahsida 9 ta zarbani qaytarib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O‘yin yakunlangach, jurnalistlar yulduzli faxriydan Jahon chempionatiga borish niyati bor-yo‘qligini so‘rashdi.

«Bu haqida hamma narsa aytib bo‘lingan. Hozir bor e’tiborim «Bavariya»ning joriy mavsumdagi qolgan o‘yinlariga qaratilgan», — deya Noyer terma jamoaga qaytishini inkor etdi «Sky» telekanaliga bergan intervyusida.

Manuel Noyerning myunxenliklar bilan shartnomasi shu yozda nihoyasiga yetadi. Uning faoliyatini davom ettirish yoki ettirmasligi hozircha noma’lum.

Kiritildi: 15:08, 08.04.2026.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик