Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-0 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Arteta: «Juda xursandman, ular o‘z uyida qachon yutqazganini bilmayman»

Arteta: «Juda xursandman, ular o‘z uyida qachon yutqazganini bilmayman»

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Sporting»ga qarshi kechgan birinchi o‘yin (1:0) yakunlarini sarhisob qildi.

– CHL chorak finalida safarda g‘alaba qozonganimizdan juda xursandman. Bu jamoa o‘z uyida yutqazmaganiga ancha bo‘lgandi... Qancha vaqt bo‘lganini ham bilmayman. Menimcha, oxirgi marta bu voqea ham yevrokuboklarda yuz bergan bo‘lsa kerak, bu esa u yerda o‘ynash qanchalik qiyinligini ko‘rsatadi.

– Bugun jamoa gol ura olmasligi mumkinligi haqidagi fikr xayolingizga keldimi?

– Ha, chunki maydonning so‘nggi uchdan bir qismiga yetib borib, u yerda o‘rnashib olganimizda, bizga yakuniy nuqta yetishmayotgan edi. Ular bizni blokirovka qilgan vaqtda mudofaani yorib o‘tish uchun biroz aniqroq, tezroq va samaraliroq harakat qilishimiz kerak edi. Bitta golimiz bekor qilindi, shuningdek, golga yaqin kelgan yana ikki-uchta vaziyat bo‘ldi, ammo hal qiluvchi pas yetishmadi.

Yakunda hujumchilarimizning sehri bizga g‘alaba keltirdi. Bu ajoyib, mavsumning aynan shu pallasida bizga mana shu narsa kerak. Har kim o‘z hissasini qo‘shishi lozim va bugun futbolchilar buni, shubhasiz, uddalashdi.

– David Rayyaning o‘yiniga qanday baho berasiz?

– U ikkita muhim seyvni amalga oshirdi. Bu — Chempionlar Ligasi, bu yerda o‘yin taqdiri doimo jarima maydonchalari ichida hal qilinadi, chunki daraja juda yuqori.

– Kay Xaverts Rayyani dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb atadi.

– U hozir fenomenal holatda. David bizga kelib qo‘shilgan kunidan beri ajoyib futbolchi ekanligini ko‘rsatib kelmoqda. U bizning safimizda ekanligidan juda baxtiyormiz, – dedi Arteta «Amazon Prime» efirida.

Kiritildi: 15:28, 08.04.2026.
O'qildi: 273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик