Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

De Bryoyne: «Men futbolni avvalgidek sevmay qo‘ydim»

De Bryoyne: «Men futbolni avvalgidek sevmay qo‘ydim»

Baho:
+ | -

«Napoli»ning belgiyalik yarim himoyachisi Kevin de Bryoyne futbolga bo‘lgan ishtiyoqi pasayganini ochiq tan oldi.

«Men futbolni avvalgidek sevmayman. O‘ylaymanki, bu tabiiy holat — 30 yoshdan oshganingdan keyin, xuddi boshqa istalgan kasbda bo‘lgani kabi, qiziqishingni yo‘qota boshlaysan», — deya de Bryoynening so‘zlarini «The Touchline» nashri keltirmoqda.

Hozirda De Bryoyne 34 yoshda. U o‘tgan yozda «Manchester Siti»dan «Napoli»ga ko‘chib o‘tgan edi. Neapolliklar tarkibida yarim himoyachi barcha turnirlarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:01, 08.04.2026.
O'qildi: 1205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик