Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Atletiko» 20 yillik tanaffusdan so‘ng «Kamp Nou»da g‘alaba qozondi

«Atletiko» 20 yillik tanaffusdan so‘ng «Kamp Nou»da g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

«Atletiko» 2006 yildan beri ilk bor «Kamp Nou»da «Barselona»ni mag‘lub etdi. Diyego Simeone shogirdlari Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida mehmonda «blaugrana» ustidan g‘alaba qozonishdi (2:0).

Bu madridliklarning kataloniyaliklar uy stadionidagi so‘nggi 26 ta o‘yinda qo‘lga kiritgan ilk g‘alabasidir. Ta’kidlash joizki, 2024 yilda «Atletiko» La Liga doirasida safarda «Barsa»ni mag‘lub etgan (2:1), biroq o‘sha o‘yin «Monjuik» stadionida bo‘lib o‘tgan edi.

Oxirgi marta madridliklar 2006 yilning 5 fevralida Ispaniya chempionati doirasida mehmonda 3:1 hisobida zafar quchishgan, o‘shanda Fernando Torres dubl qayd etgan edi.

Kiritildi: 02:46, 09.04.2026.
O'qildi: 994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик