Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Marselo: «Beshta Chempionlar ligasi kubogini bitta Jahon chempionligiga almashgan bo‘lardim»

Marselo: «Beshta Chempionlar ligasi kubogini bitta Jahon chempionligiga almashgan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq chap qanot himoyachisi Marselo terma jamoa bilan qo‘lga kiritilgan sovrin u uchun klub darajasidagi ko‘plab muvaffaqiyatlardan qadrliroq bo‘lishini tan oldi.

Braziliyalik futbolchi 2007 yildan 2022 yilgacha «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilgan. Ushbu davr mobaynida u jamoa bilan besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, olti bor Ispaniya chempioni bo‘ldi va yana ko‘plab titullarni qo‘lga kiritdi.

«Bu qiyin savol, lekin men ochiqchasiga javob beraman. Ha, men Chempionlar ligasidagi barcha kuboklarimni bitta Jahon chempionligiga almashgan bo‘lardim», – deya Marseloning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

Braziliya terma jamoasi 2002 yildan beri Jahon chempionatida g‘olib chiqa olmayapti.

Kiritildi: 12:28, 09.04.2026.
O'qildi: 1254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик