Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

"Real" himoyachisi va Arbeloa o‘rtasida kelishmovchilik bor

"Real" himoyachisi va Arbeloa o‘rtasida kelishmovchilik bor

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishi mumkin.

«Qaymoqranglilar» kelasi mavsumda Eder Militao va Din Xyoysenga asosiy urg‘u berishni rejalashtirishmoqda. Shuningdek, klub tajribali Antonio Ryudigerni tarkibda saqlab qolish va yana bir yangi markaziy himoyachi bilan kuchayishni niyat qilgan. Shunga ko‘ra, Asensio asosiy tarkibdan joy olishi amrimahol, shu sababli klub uni sotib yuborishga tayyor, deb xabar bermoqda Diario AS. Manba, shuningdek, 23 yoshli futbolchining bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan munosabatlari yaxshi emasligi haqidagi avvalroq tarqalgan ma’lumotlarni ham tasdiqladi.

O‘tgan yozda Asensio «Real» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan edi, biroq bu holat «qirollik klubi»ning o‘z tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashishiga to‘sqinlik qilmaydi. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 25 mln yevro etib belgilangan.

Kiritildi: 11:08, 10.04.2026.
O'qildi: 1085 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик