Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Levandovski Flikning qaroridan jahli chiqdi

Levandovski Flikning qaroridan jahli chiqdi

Baho:
+ | -

«Barselona» chorshanba kuni Chempionlar ligasi chorak finalining ilk uchrashuvida o‘z maydonida «Atletiko»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Birinchi bo‘lim yakunida Pau Kubarsi maydondan chetlatilgach, kataloniyaliklar bir kishi kam bo‘lib qolishdi va tanaffusda Xans-Diter Flik hujumchi Robert Levandovskini almashtirishga majbur bo‘ldi.

Goal portalining Ispaniyaning «Sport» nashriga tayanib xabar berishicha, Flikning ushbu qarori Levandovskini ranjitgan. Polyak futbolchisi ikkinchi bo‘limda jamoasi bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan vaziyatda ham o‘yinga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga ishongan.

Shu bilan birga, Flik va Levandovski o‘rtasida o‘zaro hurmat saqlanib qolgani alohida ta’kidlangan.

«Barselona» navbatdagi uchrashuvini 11 aprel kuni La Liga doirasida «Espanyol»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:41, 10.04.2026.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик