Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Brunu Amorim va Karrik o‘rtasidagi farqni aytdi

Brunu Amorim va Karrik o‘rtasidagi farqni aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Maykl Kerrik qo‘l ostida jamoa o‘yinida yuz bergan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ingliz mutaxassisi yangi yilning yanvar oyida iste’foga chiqarilgan Ruben Amorim o‘rnini egallab, o‘z vazifasiga kirishgan edi. O‘shandan beri «qizil iblislar» chempionat doirasidagi o‘nta o‘yinning yettitasida g‘alaba qozonishdi.

«Ayonki, ba’zi narsalar o‘zgardi: futbolchilar, pozisiyalar, taktik sxemalar almashdi. Eng muhimi, biz gol urishni boshladik. Jamoa himoyada jipsroq o‘ynayapti. «Siti» bilan o‘yin biz uchun eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. «Arsenal»ga qarshi bahsda o‘yin bobida u qadar zo‘r bo‘lmagandirmiz, lekin o‘sha uchrashuvda maksimal natijani qo‘lga kirita oldik», – deya Fernandeshning intervyusidan iqtibos keltiradi UtdDistrict.

31-turdan so‘ng «MYU» Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:52, 10.04.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик