Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Xaykin Norvegiya fuqaroligini oldi

Xaykin Norvegiya fuqaroligini oldi

Baho:
+ | -

«Budyo-Glimt» jamoasining rossiyalik darvozaboni Nikita Xaykin Norvegiya fuqaroligini oldi. Bu haqda NRK nashri norvegiyalik jurnalist Yan Petter Salvedtga tayanib xabar bermoqda.

«Hoziroq bizga Nikita Xaykin Norvegiya fuqaroligi va pasportini olgani haqida xabar keldi. Bugun bu ma’lumot rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlandi», — dedi Salvedt.

Bir yil avval Nikita o‘zida bir nechta pasport borligini aytgan edi: «Men Isroilda tug‘ilganman, fuqaroligim bor, shuningdek, Buyuk Britaniya pasportini ham olganman. O‘zimni rus deb hisoblayman, Rossiya pasporti — men uchun sharaf. Mamlakatda xotirjam yashash uchun Norvegiya fuqaroligini olishni rejalashtirganman».

Xaykin faoliyati davomida bir qator Rossiya klublari tizimida bo‘lgan, kattalar darajasida esa «Bney IYEguda», «Xapoel Kfar-Sava» va «Bristol Siti» kabi jamoalarda o‘ynagan. U faoliyatining asosiy qismini «Budyo-Glimt»da o‘tkazmoqda.

Nikita Rossiyaning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida o‘ynagan bo‘lsa-da, asosiy terma jamoada debyut qilmagan. Shu sababli, darvozabonda JCH-2026 turnirida Norvegiya terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniyati mavjud.

Kiritildi: 14:42, 10.04.2026.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик