Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Arbeloa Vinisiusning hushtaklar ostida qolganiga munosabat bildirdi

Arbeloa Vinisiusning hushtaklar ostida qolganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi ilk bahsda (1:2) stadionning Vinisius Juniorga nisbatan namoyish etgan noroziligiga izoh berdi.

«Mening Vinisius haqidagi fikrimni, u men uchun murabbiy va «Real» muxlisi sifatida qanday ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilasiz. «Bernabeu»da to‘p surish — bu katta omad. Muxlislarning hushtaklari esa ularning talabchanligining bir qismi, men buni tabiiy va normal holat deb hisoblayman.

Kimdir tarang muhitni sezishi mumkin, lekin biz muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini his qilyapmiz. «Bernabeu» muhiti tufayli jamoa xarakter ko‘rsatdi va ko‘plab vaziyatlar yaratdi», — dedi Arbeloa klub rasmiy saytiga.

Kiritildi: 15:43, 10.04.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик