Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Arbeloa: "Men rotasiya haqida o‘ylamayapman"

Arbeloa: "Men rotasiya haqida o‘ylamayapman"

Baho:
+ | -

Seshanba kuni «Real» o‘z maydonida «Bavariya»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvi kelasi hafta Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Biroq ungacha «qaymoqranglilar»ni Ispaniya chempionati doirasida «Jirona»ga qarshi bahs kutmoqda.

Matbuot anjumanida «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloadan bo‘lajak Myunxen safarini inobatga olib, tarkibda rotasiya amalga oshirish-oshirmasligi haqida so‘rashdi.

«Men maydonga tushib, g‘alaba qozonishni istayman. «Malyorka»ga qarshi o‘tgan bahsda, natijadan qat’i nazar, men eng yaxshilarni tanlagan edim. Rotasiya haqida o‘ylayotganim yo‘q. Murabbiy sifatida men uchun eng muhim o‘yin — bu navbatdagi bahs. Men unga mos tarkibni tuzaman», — dedi Arbeloa.

«Real» — «Jirona» uchrashuvi juma, 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 18:31, 10.04.2026.
O'qildi: 696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик