Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Top-klub Jeksonni "Chelsi"dan ijaraga olmoqchi

Top-klub Jeksonni "Chelsi"dan ijaraga olmoqchi

Baho:
+ | -

Hozirda ijara asosida «Bavariya» sharafini himoya qilayotgan va transfer huquqi «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan hujumchi Nikolas Jekson faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Corriere della Sport nashrining xabariga ko‘ra, Myunxen klubi senegallik futbolchining transfer huquqini sotib olmoqchi emas. Hujumchining xizmatlariga «Milan» qiziqish bildirmoqda. «Rossonerilar» shu yozda futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Nikolas Jekson «Bavariya» safida barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2023 yilda «Vilyarreal»dan 37 million yevro evaziga London klubiga o‘tgan edi. Transfermarkt portali Jeksonning qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:51, 10.04.2026.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик