Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Barselona» sport direktori Messining qaytishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

«Barselona» sport direktori Messining qaytishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku hujumchi Lionel Messining ehtimoliy qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Bu murakkab savol. Saylovoldi kampaniyasi vaqtida bu masala uzoq muhokama qilindi va uning ismi doimiy ravishda tilga olindi. Messi — «Barselona» tarixidagi eng yaxshi futbolchi, men uchun esa u futbol tarixidagi eng zo‘r yoki eng zo‘rlardan biri.

Biz futbolning barcha jabhalarda abadiy bo‘lishini istardik. Abadiy davom etishini xohlaydigan narsalarimiz ko‘p, ammo ularning ham yakuni bor. Har bir narsaning boshlanishi, rivojlanishi va nihoyasi bo‘ladi, shuning uchun bu mavzudagi shunchaki taxminlar men uchun ma’noga ega emas.

Mening kelishimdan beri [2023 yildan] [Messining] qaytish imkoniyati hech qachon muhokama qilinmagan. Na Messi va na uning vakillaridan birortasi menga qo‘ng‘iroq qilib: «Men qaytmoqchiman, o‘ynamoqchiman», deb aytmagan. Bularning barchasi shunchaki mish-mishlar va haqiqatdan yiroq gaplar edi», — deya Dekuning so‘zlarini keltiradi «Goal» nashri «Sport»ga tayanib.

Kiritildi: 23:08, 10.04.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик