Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay - Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 AQSh - Belgiya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

Madriddagi durang «Barselona» uchun sovg‘a bo‘ldi: Flik jamoasi farqni 9 taga yetkazadimi?

Madriddagi durang «Barselona» uchun sovg‘a bo‘ldi: Flik jamoasi farqni 9 taga yetkazadimi?

Baho:
+ | -

Juma kuni «Real» o‘z muxlislarini yana bir bor xafa qildi. Ispaniya chempionati doirasida «Jirona»ga qarshi kechgan uy uchrashuvida Alvaro Arbeloa shogirdlari faqat durangga erisha oldilar. Gollarsiz o‘tgan birinchi bo‘limdan so‘ng, jamoalar tanaffusdan keyin gollar bilan almashishdi (1:1) — Federiko Valverde va Toma Lemar o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Buning natijasida, shanba kuni peshqadam «Barselona» La Ligadagi farqni 9 ochkogacha yetkazib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar Xans-Diter Flik jamoasi o‘z maydonida «Espanyol»ga qarshi kechadigan derbida g‘alaba qozonsa, farq aynan shunchani tashkil etadi.

«Barselona» — «Espanyol» uchrashuvi 11 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi.

Kiritildi: 02:11, 11.04.2026.
O'qildi: 2235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик