Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Pogba «Monako»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Pogba «Monako»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Pol Pogba juma kuni qish fasli boshidan beri ilk bor «Monako» safida maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchi o‘yindan so‘ng ko‘p o‘tmay o‘z kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Keyingi mavsum? Eshitishimcha, biz «Monako» bilan hali uzoq vaqt birga bo‘lamiz», — deya Pogbaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline.

Juma kuni «Monako» mehmonda «Parij» jamoasidan 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Ayni damda monegaskliklar Liga 1 turnir jadvalida beshinchi pog‘onani egallab turishibdi. «Qizil-oqlar» chempionatdagi navbatdagi o‘yinini yakshanba kuni, 19 aprelda, o‘z maydonida «Oser»ga qarshi o‘tkazadi.

33 yoshli Pogbaning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 02:33, 11.04.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик