Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Arteta Edegorning muammolarini tushuntirdi

Arteta Edegorning muammolarini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta nima sababdan joriy mavsum Martin Edegor uchun u qadar muvaffaqiyatli kechmayotgani haqida gapirib berdi.

«To‘pchilar» sardori jarohatlar tufayli tez-tez o‘yinlarni o‘tkazib yubormoqda. Yaqindagina u bir oydan ortiq maydonga tushishiga to‘sqinlik qilgan navbatdagi jarohatidan so‘ng safga qaytdi.

«O‘tkazib yuborilgan o‘yinlar soni bo‘yicha bu Edegor uchun juda og‘ir mavsum bo‘lmoqda — bu uning uchun odatiy holat emas. Martinga o‘yin ritmi va jamoa bilan doimiy aloqa kerak. Bu nafaqat u, balki barchamiz uchun muammodir. U juda muhim futbolchi, hatto ommaga u keltirayotgan foyda har doim ham sezilmasa-da. Uning jamoaga qo‘shayotgan hissasi statistik ko‘rsatkichlardan ancha chuqurroqdir. «Arsenal» Edegor bilan, usiz bo‘lganidan ko‘ra ancha kuchliroq», — deya jurnalist Konnor Xamm Artetaning so‘zlarini keltirmoqda.

Kiritildi: 12:49, 11.04.2026.
O'qildi: 631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик