Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Yamal jarohatdan qutulib qoldi

Yamal jarohatdan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal jiddiy jarohatdan qutulib qoldi. Bu haqda Barça Universal nashri xabar bermoqda.

Avvalroq 18 yoshli futbolchi mashg‘ulotlarni vaqtidan oldin tark etgani ma’lum bo‘lgan edi. Biroq, manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy ko‘rikdan so‘ng Yamalda hech qanday jarohat aniqlanmagan. Vingerning "Espanyol"ga qarshi bo‘lajak o‘yinda ishtirok etishi hozircha noma’lum. Ehtimol, Xansi Flik Yamalga dam berishga qaror qilar.

Joriy mavsumda Yamal barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 16 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ispaniya chempionatining 31-turi doirasidagi "Barselona" va "Espanyol" o‘rtasidagi bahs 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 17:43, 11.04.2026.
O'qildi: 1323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик