Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Flik de Yongning «Atletiko»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushishiga shubha qilmoqda

Flik de Yongning «Atletiko»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushishiga shubha qilmoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning holati haqidagi savolga javob berdi. Shanba kuni «Espanyol»ga qarshi kechgan bahsda niderlandiyalik futbolchi zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi. Bu de Yong uchun 22 fevraldan beri o‘tkazilgan ilk o‘yin bo‘ldi.

«De Yongning qaytishi? U maydonga tushgach, o‘z darajasini ko‘rsata oldi. Biroq uning «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushishiga ishonchim komil emas. Uning 45 daqiqadan ko‘proq o‘ynay olishini bilmayman. Bu borada tibbiy shtab bilan maslahatlashaman», — deya Flikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

«Barselona» kelayotgan seshanba, 14 aprel kuni safarda «Atletiko» mehmoni bo‘ladi. Kataloniyaliklar Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki o‘yinidagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng vaziyatni o‘nglashlari lozim.

Kiritildi: 09:08, 12.04.2026.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик