Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Ferran Torres: «Hammasi o‘z qo‘limizda»

Ferran Torres: «Hammasi o‘z qo‘limizda»

Baho:
+ | -

«Barselona» La Liga turnir jadvalida «Espanyol» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:1), Madridning «Real» klubi bilan oradagi farqni yanada kattalashtirdi.

«Ko‘k-anorranglilar» juma kuni «Jirona» bilan durang o‘ynab (1:1), ochko yo‘qotgan «qaymoqranglilar»ning xatosidan unumli foydalanishdi. Chempionat yakuniga 7 tur qolganda, «Real»ning «Barsa»dan ortda qolishi 9 ochkoni tashkil etmoqda.

«Hammasi o‘z qo‘limizda. Biz qulay holatdamiz — La Liga chempionligini qo‘lga kiritish uchun bizda barcha imkoniyatlar yetarli», — deya «Espanyol» bilan derbida dubl qayd etgan hujumchi Ferran Torres jadvaldagi vaziyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

22 aprel kuni «Barselona» o‘z maydonida «Selta»ni qabul qiladi. Bungacha esa, 14 aprel kuni Xans-Diter Flik shogirdlari Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Atletiko»ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushadilar.

Kiritildi: 10:41, 12.04.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик