Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Bernardu Silva uchun «Barselona» bilan uchta Yevropa klubi raqobatlashadi

Bernardu Silva uchun «Barselona» bilan uchta Yevropa klubi raqobatlashadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva mavsum yakunlanganidan so‘ng erkin agentga aylanadi. «Shaharliklar» sardoriga anchadan beri «Barselona» qiziqish bildirib kelayotgan edi, biroq endi «ko‘k-anorranglilar» Yevropaning boshqa nufuzli klublari bilan jiddiy raqobatga kirishishlariga to‘g‘ri keladi.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni «Yuventus», «Galatasaray» va «Benfika» klublari istamoqda. Shuningdek, bu poygada Saudiya Arabistoni chempionati vakillari ham ishtirok etishmoqda.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 31 yoshli xavbek Xosep Gvardiola jamoasi safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 15:01, 12.04.2026.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик