Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Xargrivz: ««Arsenal»da faqat ikki kishi normal o‘ynadi»

Xargrivz: ««Arsenal»da faqat ikki kishi normal o‘ynadi»

Baho:
+ | -

Taniqli ingliz sobiq futbolchisi Ouen Xargrivz Londonning «Arsenal» klubi yaqinda «Bornmut»dan uchragan mag‘lubiyati (1:2) haqida o‘z fikrlarini bildirdi. «To‘pchilar» shanba kuni Premyer-liganing 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda o‘z maydonlarida «olchalar»ga imkoniyatni boy berishdi.

«Men o‘yinda bevosita ishtirok etdim. Muxlislar uchrashuv boshida juda ko‘tarinki ruhda edilar, biroq yakunda ko‘rganlaridan norozi bo‘lishdi. «Arsenal»ning faqat ikki nafar o‘yinchisi — Deklan Rays va Gabriel normal darajada harakat qildi. Qolganlarning barchasi raqib tomonidan ojiz qoldirildi. «Bornmut» ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, «Arsenal»ni kutilmaganda g‘aflatda qoldirdi va haqqoniy g‘alaba bilan qaytdi», — deya Xargrivzning so‘zlarini keltirmoqda Arsenal News Channel.

Mikel Arteta jamoasi turnir jadvalida «Manchester Siti»dan to‘qqiz ochko oldinda, biroq «shaharliklar»da ikkita zaxira o‘yini bor.

Kiritildi: 15:16, 12.04.2026.
O'qildi: 918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик