Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

Morgan "Arsenal"ning "Bornmut"ga mag‘lubiyatidan so‘ng Artetaga murojaat qildi

Morgan "Arsenal"ning "Bornmut"ga mag‘lubiyatidan so‘ng Artetaga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Kecha, 11 aprel kuni Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premyer-ligasining 32-turida kutilmaganda «Bornmut»ga imkoniyatni boy berdi (1:2). «To‘pchilar»ning ushbu muvaffaqiyatsizligiga mashhur britan jurnalisti Pirs Morgan izoh berdi.

Ekspert Mikel Arteta jamoasining ushbu o‘yindagi sustligidan norozi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar bahs davomida 38 marta o‘z darvozabonlariga pas berishgan.

«O‘yinning katta qismida meni eshitmaydigan futbolchilarga qarata bor ovozim bilan "Oldinga!" deb baqirdim. Arteta kimdir unga "qo‘l tormozi"ni tushirishni aytishini yoqtirmaydi, lekin unga o‘sha la’nati "qo‘l tormozi"ni tushirish vaqti keldi», — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Hozirda «Arsenal» 70 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. Agar «Manchester Siti» bugun «Chelsi» ustidan g‘alaba qozonsa, «shaharliklar» va «to‘pchilar» o‘rtasidagi farq 6 ochkoni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:17, 12.04.2026.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик