Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Milan" yarim himoyachisi: "Leau eng yaxshi formasiga qaytadi"

"Milan" yarim himoyachisi: "Leau eng yaxshi formasiga qaytadi"

Baho:
+ | -

«Milan» markaziy yarim himoyachisi Adriyen Rabio Rafael Leauning «rossonerilar» uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi, shuningdek, portugaliyalik vingerning hozirgi sport formasiga to‘xtaldi.

«U mehnat qilish orqali eng yaxshi holatiga qaytadi. Ehtimol, hozir u uchun qiyinroq kechayotgandir, ammo biz — ham jamoadoshlari, ham muxlislar unga ishonch berishimiz kerak. U «Milan» uchun muhim o‘yinchi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — deya xavbekning so‘zlarini keltirmoqda MilanNews.

Avvalroq, Rabio «Udineze»ga qarshi kechgan (0:3) bahsda o‘z jamoadoshining sha’niga aytilgan hushtakbozliklardan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlagan edi.

Joriy mavsumda Leau barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:26, 12.04.2026.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик