Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Kazemiro: «Men ketgan kundan boshlab «MYU»ning yana bir muxlisi paydo bo‘ladi»

Kazemiro: «Men ketgan kundan boshlab «MYU»ning yana bir muxlisi paydo bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro klubni tark etganidan keyin ham uni kuzatishda davom etishini ma’lum qildi.

Braziliyalik futbolchi kelayotgan yozda «qizil iblislar» safini tark etadi — uning muddati tugayotgan shartnomasi uzaytirilmasligi haqida hali yanvar oyidayoq ma’lum bo‘lgan edi.

«Albatta, men doim «Manchester Yunayted» o‘yinlarini tomosha qilaman va klubni kuzatishda davom etaman. Avval ham aytganimdek, men ketgan kundan boshlab «MYU»ning yana bir qo‘shimcha muxlisi paydo bo‘ladi», — deya ingliz OAVlari 34 yoshli xavbekning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Kazemiro 2022 yilning avgustidan beri mankunianliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi Manchester jamoasi safida jami 155 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:19, 13.04.2026.
O'qildi: 987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик