Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Bernardu Silva APLda Ronaldu va Boa Morteni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi

Bernardu Silva APLda Ronaldu va Boa Morteni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Bernardu Silva Premyer-liga tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan portugaliyalik futbolchiga aylanib, yakka peshqadam bo‘lib oldi.

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Angliya chempionatida 297 ta o‘yin o‘tkazdi va Luish Boa Mortedan o‘zib ketdi — «Arsenal», «Fulxem» va «Vest Xem» klublarining sobiq a’zosi hisobida 296 ta o‘yin bor edi.

Kuchli uchlikni Krishtianu Ronaldu yakunlab beradi, u APLda 236 ta uchrashuvda maydonga tushgan. «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh to‘rtinchi (223), «Liverpul»ning sobiq hujumchisi Diogu Jota beshinchi (190), «Chelsi» a’zosi Pedru Netu 8-o‘rin (176) va «Siti» himoyachisi Ruben Diash 10-o‘rini (169) egallab turibdi.

Avvalroq Bernardu Silva mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etishi haqida xabar berilgan edi. Yarim himoyachi 2017 yildan beri klub sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 13:34, 13.04.2026.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик