Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Karrager: «Dahshatli o‘yin ko‘rsatayotgan klub quyi ligaga tushib ketishga yaqin»

Karrager: «Dahshatli o‘yin ko‘rsatayotgan klub quyi ligaga tushib ketishga yaqin»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning afsonaviy himoyachisi, hozirda esa teleekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager Londonning «Tottenxem» klubining joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida gapirdi.

«Ishonishim qiyin, lekin "shporlar" APLdan tushib ketishga juda yaqin turishibdi. Ular dahshatli futbol ko‘rsatishmoqda. Ayni damda "Tottenxem" hamma uchun juda qulay raqibga aylanib qolgan. Boshqa autsayderlarda hali qandaydir "kozirlar" bor, lekin londonliklarda emas», — deya ekspertning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, Roberto de Dzerbi shogirdlari so‘nggi bahsda safarda «Sanderlend»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bugungi holatga ko‘ra, «Tottenxem» APL turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 15:10, 13.04.2026.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик