Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Simeone «Barselona»ning hakamlik bo‘yicha shikoyatiga javob qaytardi

Simeone «Barselona»ning hakamlik bo‘yicha shikoyatiga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi «Barselona»ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida kataloniyaliklarning birinchi uchrashuvdagi (2:0) hakamlik ustidan qilgan shikoyati borasidagi savolga javob berdi.

Avvalroq, Kataloniya klubi hakamlik yuzasidan UYEFAga shikoyat kiritgan edi. Madridliklar himoyachisi Mark Pubil o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni qo‘li bilan to‘xtatib qolgan vaziyatda penalti belgilanmagani kataloniyaliklarning e’tiroziga sabab bo‘lgan. O‘sha o‘yinda Ishtvan Kovach boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlagan edi.

«Men hakamlar haqida emas, jamoam haqida o‘ylayman. Ularni oldinda juda qiyin o‘yin kutmoqda.

Finalga yaqinlashtiradigan har bir bahs bilan ular ko‘proq bosim his qilishmoqda, chunki xatoning oqibatlari tobora jiddiylashib bormoqda. Ochig‘ini aytsam, men ular haqida o‘ylayotganim yo‘q», — dedi Diyego Simeone.

Kiritildi: 18:06, 13.04.2026.
O'qildi: 4238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик