Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

CAFA U-17 Championship. Tojikiston — chempion, O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi

CAFA U-17 Championship. Tojikiston — chempion, O‘zbekiston 2-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Toshkent viloyatida joylashgan Milliy futbol markazida Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasiga a’zo mamlakatlarning o‘smirlar terma jamoalari ishtirokida 2026 yilgi CAFA U-17 Championship turniri o‘tkazildi.

Unda Ayder Kurbayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi qatnashdi va yakunda 2-o‘rinni egalladi.

Musobaqada Eron terma jamoasi ishtirok etmagani sababli O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston va Afg‘oniston bir guruhda o‘zaro bahs olib bordi.

Turnir 5 ta turdan iborat bo‘lib jamoalar 4 tadan uchrashuv o‘tkazdi. 3 ta g‘alaba va 1 ta durang natija qayd etgan Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi ketma-ket ikkinchi bor CAFA turniri g‘olibligini qo‘lga kiritdi. 2 ta g‘alaba va 2 ta durangga ega O‘zbekiston ikkinchi, 1 ta g‘alaba, 1 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan Qirg‘iz Respublikasi 3-o‘rinni egalladi.



O‘zbekiston terma jamoasi darvozasini ishonchli tarzda qo‘riqlagan Aziz Berdiyev musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Tojikiston terma jamoasi vakili Bihishti Rajabzod eng yaxshi futbolchi, 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan tojikistonlik hujumchi Siyovush Nazarov esa eng yaxshi to‘purar sifatida e’tirof etildi.

Turnirning “halol o‘yin uchun” sovrini Afg‘oniston terma jamoasiga topshirildi.

Ma’lumot uchun, CAFA U-17 Championship musobaqasi 2027 yildan boshlab U-17 Osiyo kubogi uchun saralash turniri vazifasini bajaradi.

CAFA U-17 Championship, 5-tur
O‘zbekiston — Tojikiston 0:0
Qirg‘iz Respublikasi — Turkmaniston 4:1

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:35, 13.04.2026.
O'qildi: 1415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик