Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

OCHL. «As-Sadd» dramatik bahsda «Al-Hilol»ni penaltilarda mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi (videosharh)

OCHL. «As-Sadd» dramatik bahsda «Al-Hilol»ni penaltilarda mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida «Al-Hilol» va «As-Sadd» o‘rtasidagi uchrashuv haqiqiy trillerga aylandi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa Qatar klubi 4:2 hisobida ustun keldi.

Uchrashuvda saudiyaliklar uch bor hisobda oldinga chiqdi, ammo «As-Sadd» har safar javob qaytardi.

Hisobni 29-daqiqada Sergey Milinkovich-Savich ochdi. Oradan yetti daqiqa o‘tib, Klaudinyo hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Salim Ad-Davsariy yana «Al-Hilol»ni oldinga olib chiqdi, ammo Rafa Muxika yana tenglikni ta’minladi.

65-daqiqada zaxiradan tushgan Markos Leonardo «Al-Hilol»ni uchinchi bor oldinga chiqardi. Biroq 70-daqiqada Roberto Firmino hisobni yana tenglashtirib, o‘yinni qo‘shimcha vaqtga olib chiqdi.

Qo‘shimcha vaqtda g‘olib aniqlanmadi va hammasi penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Bu yerda «As-Sadd» aniqroq harakat qildi — 4:2.

Qatarliklarning so‘nggi zarbasini jamoa sardori Akram Afif aniq amalga oshirdi. "Al-Hilol" safida esa Karim Benzema penaltini golga aylantira olmadi.

Endi Qatar klubi chorak finalda Yaponiyaning «Vissel Kobe» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo Chempionlar ligasi, 1/8 final
14 aprel 2026 yil
«Al-Hilol» — «As-Sadd» 3:3 (penaltilar — 2:4)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:02, 14.04.2026.
O'qildi: 2068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик