Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Sesk Fabregas Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

Sesk Fabregas Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

«Komo» ustozi Sesk Fabregas Italiya terma jamoasida ishlash borasidagi qarorini e’lon qildi. Avvalroq OAVda ispaniyalik mutaxassisning Italiya milliy jamoasi boshqaruviga kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fabregas ayni damda Italiya terma jamoasini boshqarishga tayyor emasligini tan oldi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, u klub futbolida ishlashni afzal ko‘radi, terma jamoadagi faoliyat esa u uchun zerikarli tuyuladi.

«Italiya terma jamoasini boshqarish? Balki qachondir buning iloji bo‘lar... Lekin hozir men murabbiylik ishiga juda qattiq sho‘ng‘iganman. Modomiki o‘zimni murabbiy deb atar ekanman, men har kuni maydonda futbolchilar bilan birga bo‘lishim, yosh o‘yinchilarni rivojlantirishim va o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishim kerak. Milliy terma jamoadagi ish hozir men uchun biroz zerikarli ko‘rinmoqda. Ammo kelajakda, yoshim bir joyga yetganda, kim biladi deysiz...» — dedi Fabregas.

Yaqinda «Skuadra adzurra» JCH–2026 ga chiqa olmaganidan so‘ng, Jennaro Gattuzoni bosh murabbiylik lavozimidan ozod etgan edi. Italiya ketma-ket uchinchi bor mundialni o‘tkazib yubormoqda.

Kiritildi: 13:18, 14.04.2026.
O'qildi: 435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик