Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Asensio «Bavariya»ga qarshi Chempionlar Ligasi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Asensio «Bavariya»ga qarshi Chempionlar Ligasi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio navbatdagi muhim uchrashuvda «qaymoqranglilar»ga yordam bera olmaydi. Ispaniyalik futbolchi YECHL chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi kechadigan javob o‘yini uchun «qirollik klubi» qaydnomasidan o‘rin olmadi.

Marca nashrining xabar berishicha, Asensioga gastroenterit (oshqozon-ichak yallig‘lanishi) tashxisi qo‘yilgan.

Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.

«Real» va «Bavariya» o‘rtasidagi javob uchrashuvi ertaga, 15 aprel kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:31, 14.04.2026.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик