Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Atletiko» stadioni maysasi «Barsa» shikoyatidan so‘ng kaltalatiladigan bo‘ldi

«Atletiko» stadioni maysasi «Barsa» shikoyatidan so‘ng kaltalatiladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -2

«Barselona» klubining shikoyatidan so‘ng, «Atletiko» stadioni maydonidagi maysalar kaltalab qirqiladigan bo‘ldi.

Bugun «Metropolitano» stadionida Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi (birinchi o‘yin – 2:0). Dushanba kuni kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik UYEFA vakillariga maydondagi maysaning balandligi va uning yetarlicha namlanmaganidan shikoyat qilgan edi.

Jurnalist Yelena Kondisning xabar berishicha, «Barselona»ning mashg‘ulotidan so‘ng maydondagi maysalar qirqilgan. Bugun kunduzi gazon yana bir bor kaltalatiladi, toki maysa balandligi reglamentga muvofiq bo‘lsin. UYEFA kechqurungacha maysa balandligi 26 millimetrdan oshmasligini ta’minlash majburiyatini oldi. Reglamentga ko‘ra, u 30 millimetrdan oshmasligi kerak.

Qayd etilishicha, «Atletiko» klubi Flikning shikoyatlarini o‘yin oldidan bosimni kuchaytirishga bo‘lgan urinish sifatida qabul qilgan.

Kiritildi: 18:28, 14.04.2026.
O'qildi: 975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик