Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

«Real» yozda asosiy jamoa hujumchisi huquqlarining 50 foizini sotadi

«Real» yozda asosiy jamoa hujumchisi huquqlarining 50 foizini sotadi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida asosiy jamoa hujumchilaridan biri bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Lukas Navarretening «The Athletic» nashriga tayanib xabar berishicha, «qaymoqranglilar» mavsum yakunida ispaniyalik hujumchi Gonsalo Garsiyani sotib yuborishni ko‘zlamoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «Qirollik klubi» futbolchini to‘liq qo‘yib yubormoqchi emas. Klub o‘zining an’anaviy strategiyasiga sodiq qolgan holda, futbolchining transfer huquqlarining 50 foizini o‘zida saqlab qolmoqchi. Bu kelajakda uni qayta sotib olish yoki boshqa klubga sotilgan taqdirda summaning yarmini qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Joriy mavsumda 22 yoshli Gonsalo Garsiya «Real Madrid» safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 2 ta golli uzatma mavjud. E’tiborlisi, u Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi bahsda (2:3) bitta gol va bitta assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Gonsalo Garsiya 2025 yilda klub bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan bo‘lsa-da, rahbariyat uning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa klubga o‘tishi foydali deb hisoblamoqda. Hozirda unga APL va La Liganing bir necha klublari qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 21:38, 14.04.2026.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик