Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

YECHL. «Atletiko» «Barselona»ga yutqazgan bo‘lsa-da, yarim finalga chiqdi

YECHL. «Atletiko» «Barselona»ga yutqazgan bo‘lsa-da, yarim finalga chiqdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» Chempionlar ligasi 2025/26 yilgi mavsumi chorak finalining javob uchrashuvida o‘z maydonida «Barselona»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yin «Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda kataloniyaliklar safida Lamin Yamal va Ferran Torres gol urishdi. Madridliklardan esa Ademola Lukman ajralib turdi.

Ikkinchi bo‘limda Torresning ikkinchi goli ofsayd sababli bekor qilindi. 80-daqiqada «Barselona» himoyachisi Erik Garsiya maydondan chetlatildi. E’tiborlisi, kataloniyaliklar «Atletiko»ga qarshi Chempionlar ligasidagi dastlabki uchrashuvni ham kamchilik bo‘lib yakunlashgan edi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (3:2, dastlabki o‘yin — 2:0), «Atletiko» Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l oldi.

Turnir finali yo‘lida «Atletiko» «Sporting» — «Arsenal» (birinchi o‘yin — 0:1) juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

«ATLETIKO» — «BARSELONA» — 1:2

(Birinchi o‘yin — 2:0, umumiy hisob — 3:2)

Gollar: Lamin Yamal 4’ (0:1), Ferran Torres 24’ (0:2), Ademola Lukman 31’ (1:2).

«Atletiko»: Xuan Musso, Kleman Langle, Robin Le Norman, Matteo Rudjeri, Nauel Molina, Koke (Jonni Kardozo, 89), Markos Lyorente, Ademola Lukman (Aleks Baena, 66), Juliano Simeone (Nikolas Gonsales, 66), Antuan Grizmann (Aleksander Serlot, 76), Xulian Alvares.

«Barselona»: Xuan Garsiya, Jerar Martin, Erik Garsiya, Joau Kanselu (Ronald Arauxo, 89), Jyul Kunde, Gavi (Frenki de Yong, 81), Pedri, Dani Olmo (Runi Bardji, 89), Fermin Lopes (Robert Levandovski, 68), Lamin Yamal, Ferran Torres (Markus Reshford, 68).

Ogohlantirish: Gavi (69).

Chetlatish: Erik Garsiya (79).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:09, 15.04.2026.
O'qildi: 1466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик