Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Oliver: «Musso Ferminga nisbatan qoida buzdi, bu — aniq penalti edi»

Oliver: «Musso Ferminga nisbatan qoida buzdi, bu — aniq penalti edi»

Baho:
+1 | -

Sobiq futbol hakami Anduxar Oliver kecha bo‘lib o‘tgan UYEFA Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvida Madridning «Atletiko» darvozaboni Xuan Musso va Kataloniyaning «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes o‘rtasidagi to‘qnashuvga izoh berdi.

«Darvozabonda yomon niyat bo‘lganmi-yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q. Bu — 11 metrlik jarima zarbasi. Musso oldinga chiqib, «Barsa» o‘yinchisiga zarba berdi», — deya Oliverning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, «ko‘k-anorranglilar» safarda «matraschilar»ni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi, biroq bu umumiy g‘alaba uchun kamlik qildi. Diyego Simeone shogirdlari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida zafar quchishdi.

Musobaqa finali yo‘llanmasi uchun «Atletiko» «Arsenal» — «Sporting» juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 12:21, 15.04.2026.
O'qildi: 977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик