Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi va sardori Manuel Lokatelli yangi mehnat shartnomasini imzolash borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni 2030 yilning o‘rtalariga qadar uzaytirishadi. Lokatellining «keksa sinyora» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan edi.
Italiya A Seriyasining joriy mavsumida Manuel 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Italiya chempionati turnir jadvalida Turin grandi 60 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













