«Liverpul» klubi mavsumlararo tanaffus vaqtida transferlar uchun 500 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflaganiga qaramay, 2025/2026 yilgi mavsumni birorta sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi.
Mersisaydliklar tarkibni kuchaytirish uchun Aleksandr Isak (145 mln), Florian Virts (125 mln), Ugo Ekitike (95 mln), Jeremi Jake (64 mln), Milosh Kerkez (47 mln), Jeremi Frimpong (40 mln) va Jovanni Leoni (31 mln) kabi futbolchilarni sotib olishdi. Umumiy hisobda klub 546 million yevro sarfladi — bu «Liverpul» tarixidagi mutlaq rekord natija bo‘ldi.
Bunday yirik xarajatlarga qaramay, jamoa mavsum boshida Angliya Superkubogini boy berdi, so‘ngra ketma-ket Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi va Chempionlar ligasidan chiqib ketdi. APLda esa jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlari faqat nazariy jihatdan saqlanib qolgan, xolos.
Kecha «Liverpul» Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida ikkinchi bor «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi (0:2) va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.













