«Barselona»ning sobiq yulduzi Tyerri Anri kataloniyaliklarning Chempionlar Ligasi chorak finalida «Atletiko»dan mag‘lub bo‘lgani (umumiy hisob 2:3) haqida gapirdi.
«Barselona»ga zudlik bilan yuqori saviyadagi himoyachilar kerak. Biz hakamlik haqida tuni bilan gaplashishimiz mumkin, ammo o‘zimizni ham tanqid qilishni bilishimiz lozim. Jamoada yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlar juda ko‘p va ular buni qilishga majbur. Agar hech narsa o‘zgarmasa, yaqin o‘n yil ichida ham bir xil manzarani ko‘raveramiz, bu esa achinarli.
Bunday yirik Yevropa o‘yinlarida yuqori himoya chizig‘i va bunday himoyalanish uslubi bilan o‘ynash vaziyatni juda qiyinlashtiradi. Men buni ikki yildan beri aytyapman: jamoa hatto o‘zi ustunlik qilayotgan paytda ham raqibga imkoniyatlar berib qo‘ymoqda, shu sababli pley-off bosqichlaridan o‘tish haddan tashqari murakkab bo‘lib qoldi.
Biz yuqori saviyadagi barqarorliksiz bu darajada qolishga umid qilolmaymiz. Uzr-u, lekin keyingi mavsumdayoq bu jamoaga elita darajasidagi markaziy himoyachilar kerak. Agar sizda bo‘sh hududlarni yopish uchun chidamlilik yoki tezlik yetishmasa, siz o‘zingizni haqiqiy dahshatga mahkum etasiz. Bu shunchaki omadsiz oqshom emas — bu darhol yechim talab qiladigan tizimli muammodir», — dedi Anri.
Anrining fikricha, kataloniyaliklar nafaqat tarkibni yangilashi, balki himoyadagi taktik yondashuvini ham tubdan qayta ko‘rib chiqishi zarur.













