Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

“Javohir dunyodagi eng mehribon insonlardan biri” — Bibisora Asaubayeva

“Javohir dunyodagi eng mehribon insonlardan biri” — Bibisora Asaubayeva

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Asaubayeva Kiprning Pafos shahrida bo‘layotgan Nomzodlar turnirining 13-turidan keyin g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Javohir Sindarovni g‘alaba bilan tabrikdi. Shuningdek, u muxlislar tomonidan eng ko‘p berilayotgan “Javohir bilan munosabatlaringiz qanday?” degan savolga ham javob berdi:

“Men Javohir uchun juda xursandman va u bilan faxrlanaman. Biz bir-birimizni besh yildan beri taniymiz, bir-birimizning yutuqlarimizga guvoh bo‘lib, birga ulg‘aydik. Menimcha, Javohir dunyodagi eng mehribon insonlardan biri. Uning g‘alabasidan chin dildan quvondim, u bunga to‘liq loyiq edi”, deydi Asaubayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindarovning buvisi ham ushbu munosabatlarga to‘xtalib, agar yoshlar xohlashsa, oilasi bunga rozi ekanligini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, Sindarov Nomzodlar turniri yakunlanishiga 1 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi. Sportchi 13-turdan keyin 9,5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Bibisora esa ayollar o‘rtasidagi Nomzodlar turnirda 7,5 ochko bilan chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Oxirgi tur uchrashuvlari 15 aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Assubayevga oxirgi o‘rinda ketayotgan hindistonlik shaxmatchi Diyva Deshmuh raqiblik qiladi. Sindarov esa xitoylik Vey I bilan kuch sinashadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:48, 15.04.2026.
O'qildi: 2605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик