"Uotford" klubi sobiq hujumchisi Troy Dini "Barselona"ning Xansi Flik boshqaruvidagi kelajagiga shubha bilan qarashini bildirdi. Uning fikricha, nemis mutaxassisining taktikasi Yevropada muvaffaqiyat qozonish uchun juda xavfli.
"Ular hech qachon Xansi Flik qo‘l ostida Chempionlar Ligasi kabi turnirda g‘alaba qozona olishmaydi. Ularning o‘yin uslubi himoyada haddan tashqari ko‘p tavakkal qilishga majbur etadi va raqiblarga juda ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi.
Bunday yuqori darajada bunchalik ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday o‘yin bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqilmaydi", — dedi Dini.
Dinining fikricha, "Barsa" himoyadagi muvozanatni topmas ekan, qit’aning eng nufuzli kubogi ular uchun ushalmas armon bo‘lib qolaveradi.













