Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Bellingem: "Real" Chempionlar Ligasida g‘olib chiqmoqchi"

Bellingem: "Real" Chempionlar Ligasida g‘olib chiqmoqchi"

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Myunxenda kechadigan "Bavariya"ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Madriddagi birinchi bahs myunxenliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

"O‘ylashimcha, o‘yin qiyin bo‘ladi va hisobda ortda qolayotganimiz — o‘z aybimiz. Qarama-qarshilik uzoq davom etadi va biz o‘yin boshidayoq to‘g‘ri tempni o‘rnatishimiz kerak. Har qanday mag‘lubiyat — bu falokat, bizning holatimizda esa bu o‘yin finalga teng. Ko‘p narsa garovga qo‘yilgan va biz yaxshi o‘ynashimiz shart. Bu yo "ha", yo "yo‘q" degan masala. Biz berkinmaymiz. Ishonamiz, chunki bizda boshqa variant yo‘q. Bu biz o‘ynashimiz va yutishimiz shart bo‘lgan o‘yin.

La Ligadagi vaziyatimiz va Kubokdan chiqib ketganimizni hisobga olsak, bu juda muhim bahs. Bu xuddi finaldek. Biz Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni, sovrin uchun kurashishni xohlaymiz. Bu nihoyatda muhim o‘yin va g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz", — deya Bellingemning so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

"Bavariya" — "Real" uchrashuvi bugun, 15 aprel kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:20, 15.04.2026.
O'qildi: 517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик