Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Maguayr "Chelsi" bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Maguayr "Chelsi" bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr Angliya Premyer-ligasining 33-turi doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. The Athletic xabariga ko‘ra, Futbol assosiasiyasi futbolchining diskvalifikasiyasini bekor qilmaslikka qaror qilgan.

Maguayr Angliya chempionatining 32-turida "Bornmut"ga qarshi bahsda qizil kartochka olgan edi. Himoyachi maydondan chetlatilganidan so‘ng to‘rtinchi hakam Mett Donaxyu manziliga haqoratli so‘zlar ishlatgan.

Joriy mavsumda Xarri Maguayr "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachining narxini 10 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:03, 15.04.2026.
O'qildi: 354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик