Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

Sherki: «Gvardiola – telba»

Sherki: «Gvardiola – telba»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rayan Sherki Xosep Gvardiola qo‘l ostida ishlash haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Gvardiola qo‘l ostida ishlash — bu aql bovar qilmaydigan jarayon. Pep — telba. U futbolni telbalarcha yaxshi ko‘radi. Futbol — bu u, u esa — futbol demakdir. U bilan ishlash juda qiziq, chunki har soniya, har daqiqa va kun bo‘yi biz tinimsiz harakat qilamiz va ko‘p mehnat qilamiz. Bu men uchun juda yaxshi, chunki doimo yangi narsalarni o‘rganishni yaxshi ko‘raman. Bu shunchaki hayratlanarli», — deya Sherkining so‘zlarini keltirmoqda «Manchester Siti» matbuot xizmati.

Rayan Sherki 2025 yilda «Lion»dan «Manchester Siti»ga 36 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi «shaharliklar» safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda qatnashib, to‘qqizta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:46, 15.04.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик