«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte va klub prezidenti Aurelio De Laurentis o‘rtasida tushunmovchilik paydo bo‘ldi. Corriere della Sera nashrining xabariga ko‘ra, Kontega De Laurentisning uning kelajagi haqida omma oldida gapirayotgani yoqmagan.
Tomonlar o‘rtasidagi uchrashuv iyun oyi boshiga rejalashtirilgan edi, biroq u vaqtliroq bo‘lib o‘tishi ham mumkin. «Napoli» prezidenti Kontening kelajagi haqida OAVga gapirmaslik bo‘yicha kelishuvni buzgan, bu esa murabbiyning qattiq noroziligiga sabab bo‘lgan.
Hozircha Italiya terma jamoasi Konte bilan aloqaga chiqqani yo‘q, ammo murabbiyning o‘zi bu ishga qiziqish bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte 2024 yildan beri «Napoli»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida Neapol klubi Seriya A va Italiya Superkubogida g‘olib chiqdi.













